» » O‘zbekistonda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini o‘rganish ilmiy markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini o‘rganish ilmiy markazi tashkil etiladi


O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini o‘rganish ilmiy markazi tashkil etiladi. Bu haqda 2020–2021-yillarda Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan.

Qayd etilishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida O‘zbekistonda Kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini o‘rganish ilmiy markazini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

Bajarish muddati etib 2020-yil oktabr, ijro uchun mas’ullar sifatida Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti belgilangan. Budjet mablag‘lari loyihani moliyalashtirish manbasi sifatida qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, bu borada normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Unda kambag‘allikni qisqartirish masalasida ilmiy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari bazasi takomillashtirilib, tuman (shahar) miqyosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют