» » Toshkentda 100 yoshdan oshgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish boshlandi

Toshkentda 100 yoshdan oshgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish boshlandi


Toshkent shahrida yoshi 100 yoshdan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhga Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari jalb qilingan.

“Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazishdan asosiy maqsad — ushbu daraxtlarga tabiat yodgorligi maqomini berishdir. Xatlov natijasi bo‘yicha har bir yoshi katta daraxt o‘zi bir kichik tabiat qo‘riqxonasiga aylantiriladi va qat’iy davlat muhofazasiga olinadi”, — deyiladi xabarda.

Tadbir davomida 30 ga yaqin potensial yoshi katta daraxtning diametri, bo‘yi o‘lchangan. Daraxtlar 120-150 yillik tarixga ega bo‘lib, pressler parmasi yordamida yillik halqalari sanalgan va shu asosda yoshi aniqlangan.

Ishchi guruh o‘z ishini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilgan. Shunga qaramay, joylarda daraxtlarning noqonuniy kesilish holatlari sodir bo‘lmoqda.

Xususan, 2020-yilning fevral oyida Toshkentda tadbirkor 81 ta daraxtni kesib tashlagani aniqlangandi. Uning o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarari 603 million 421 ming so‘mni tashkil etgan. Mamlakat rahbariyati tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan ayovsiz chora ko‘rilgan. 2 nafar ayblanuvchidan 1 milliard 891,3 million so‘m moddiy zarar undirildi, bir qator mas’ullar hayfsan oldi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida 37 tup daraxt kesilib, tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют