» » AQSh Oliy sudining eng keksa a’zosi vafot etdi

AQSh Oliy sudining eng keksa a’zosi vafot etdi


AQSh Oliy sudining eng keksa a’zosi Rut Beyder Ginzburg 87 yoshida saraton kasalligi tufayli olamdan o‘tdi. U ayollar huquqlarini himoya qiluvchi faol sifatida tanilgan edi, deb xabar beradi BBC.

Ginzburg AQSh tarixida Oliy sud sudyasi lavozimiga tayinlangan ikkinchi ayol hisoblanadi. U mazkur lavozimni 1993-yilda — mamlakatga demokrat Bill Klinton prezidentlik qilgan vaqtda tayinlangan.

Garvardni tamomlagan Rut Beyder Ginzburg 1972-yilda ayollar huquqini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Women’s Right Project tashkiloti asoschilaridan biriga aylangan. O‘shanda u Kolumbiya universiteti yuridik maktabida birinchi ayol o‘qituvchi bo‘lgan.

20 yil ichida Ginzburg o‘zining yuridik karyerasi davomidagi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan va Oliy sud sudyasiga aylangan. Ushbu lavozimda u irqchilik kurashni va ayollar huquqlarini himoya qilishni davom etgan. Xususan, u mehnatga haq to‘lashda, ta’limda ayollar va erkaklarga bir xil pul to‘lanishiga erishgan, shuningdek, abort masalasida ayollar huquqini himoya qilgan.

Ginzburg prezident Donald Tramp siyosatini qo‘llab-quvvatlamagan va o‘limdan oldin mamlakat prezidenti almashmaguncha o‘z lavozimini tark etishni istamasligini bildirgan.

AQShda Oliy sud suydasi lavozimi butun umrga beriladi. Ushbu lavozimga nomzodni prezident ilgari surati, Senat esa tasdiqlaydi.

Mavzuga doir: AQSh Oliy sudi Trampning immigratsiya farmoni bo‘yicha eshituvlarni bekor qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют