» » Gonkongda dunyodagi eng qimmat pochta markalaridan biri o‘g‘irlab ketildi

Gonkongda dunyodagi eng qimmat pochta markalaridan biri o‘g‘irlab ketildi


Gonkongda filatelist Fu Chunsyaoning kvartirasiga tushgan o‘g‘rilar umumiy qiymati 4 milliard Gonkong dollariga (516 million AQSh dollari) teng pochta markalari va san’at namunalarini o‘g‘irlab ketdi, deb xabar beradi South China Morning Post.

Videokuzatuv kameralarida yozuvlardan ko‘rish mumkinki, uch nafar erkak asosiy yo‘lak orqali binoga kirgan va kvartira eshigi qarshisidagi temir darvozani ilmog‘idan ochgan. Politsiyaning gumonicha, ular professional o‘g‘ri bo‘lmagan, biroq uy egasining yo‘qligidan xabardor bo‘lgan. Fu Chunsyao hozir Xitoyning boshqa hududida bo‘lib, koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlar uning Gonkongga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Kolleksionerning so‘zlariga ko‘ra, kamida beshta qimmatbaho marka yo‘qolgan, xususan, 1968-yilga tegishli pochta markasi ham — unda bir guruh odamlar Maoning iqtiboslari kitobini ko‘targan holda tasvirlangan va uning ostiga “Butun mamlakat — qizil” deya yozilgan. 2018-yilda ushbu markalardan biri auksion orqali 2 million dollarga sotilgan edi. Shuningdek, o‘g‘rilar Xitoyning birinchi raisi Mao Szedunga tegishli ikki metrli kalligrafiya namunasini ham o‘g‘irlab ketgan — uning narxi 260 million dollar turadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют