» » “Otchopar” bozori yaqinidan o‘g‘irlangan Nexia-3 Qashqadaryodan topildi. Mashinani 17 yoshli yigit minib qochgan

“Otchopar” bozori yaqinidan o‘g‘irlangan Nexia-3 Qashqadaryodan topildi. Mashinani 17 yoshli yigit minib qochgan


Toshkentning Chilonzor tumanida qarovsiz qoldirilgan mashina ichidan pullar va “Otchopar” bozoridan Nexia-3’ni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-avgust kuni soat taxminan 15:00 larda Chilonzor tumani “Mevazor” mahallasi, 3-tor ko‘chasida Malibu avtomobili ichidan 4200 dollar va 6,2 million so‘m o‘g‘irlab ketilgan. Tezkor tergov guruhi va Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida qonunbuzarning shaxsi aniqlangan.

Ushbu jinoyatni qashqadaryolik 17 yoshli M. amalga oshirgani ma’lum bo‘lgan hamda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-modda 3-qismi (o‘g‘rilik) “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Malibu-2’ning oynalari ochiq turgan ekan. Mashinaning ‘bardachok’ini ochdim, salonidagi ‘barsetka’dan 4200 dollar chiqdi…”, — deydi gumonlanuvchi yigit.

Shuningdek, M. 4-sentabr kuni “Otchopar” bozori oldida avtoturargohda qarovsiz qoldirilgan oq rangli Nexia-3 avtomobilini olib qochgan. Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari davomida mashina Qashqadaryoda ekanligi aniqlangan va u viloyatda harakatlanayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют