» » Rasman: “Real” futbolchilari Garet Beyl va Serxio Regilon “Tottenhem”ga o‘tdi

Rasman: “Real” futbolchilari Garet Beyl va Serxio Regilon “Tottenhem”ga o‘tdi


“Real” himoyachisi Serxio Regilon va hujumchi Garet Beyl faoliyatini “Tottenhem”da davom ettiradi. Bu haqda londonliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Regilon bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

London klubi Regilon transferi uchun 30 million yevro to‘lagan. Shuningdek, “Tottenhem” madridliklarning shartlarini qabul qilgan. Unga ko‘ra, “Real”da futbolchini 40—45 million yevroga qayta sotib olish huquqi bo‘ladi, shuningdek, Madrid klubi futbolchi transferga qo‘yilgan vaqtda uni qo‘lga kiritish uchun birinchi raqamli da’vogar bo‘ladi.

Shuningdek, “Tottenhem” uelslik hujumchi Garet Beylni bir mavsumga ijaraga oldi.

Avvalroq “Tottenhem” futbolchining maoshini to‘liq qoplashi, “Real” esa bonus pullarini to‘lib berishi xabar qilingandi.

Beyl 2007—2013-yillar oralig‘ida “shporlar” safida to‘p surgan. “Real” uni o‘sha vaqtdagi rekord narx — 100 million yevroga sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют