» » Livan terma jamoasi sobiq futbolchisi vafot etdi. U dafn marosimi vaqtida otilgan o‘qdan yaralangandi

Livan terma jamoasi sobiq futbolchisi vafot etdi. U dafn marosimi vaqtida otilgan o‘qdan yaralangandi


Livan terma jamoasi sobiq futbolchisi Muhammad Atvi 18-sentabr kuni Bayrutdagi shifoxonada vafot etdi, deya xabar qilmoqda The Sun.

32 yoshli futbolchi 21-avgust sanasida boshidan o‘q yegan va bir oydan buyon koma holatida yotgandi. Aytilishicha, Livan poytaxtida sodir bo‘lgan portlashdan keyin halok bo‘lgan o‘t o‘chiruvchining dafn marosimi paytida otilgan o‘q o‘sha atrofda sayr qilib yurgan Atvining boshiga tegadi.

Shifokorlar futbolchining miyasidagi o‘qni chiqarib olishga va qon ketishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq Atvi koma holatidan chiqmadi va 18-sentabr kuni vafot etdi.

Futbolchining o‘limidan keyin Bayrutda turli marosimlar vaqtida o‘qotar qurollardan foydalanishga qarshi namoyishlar boshlanib ketgan.

Atvi Livan klublarida faoliyat yuritgan. U shuningdek, 2011—14-yillar mobaynida terma jamoa safida harakat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют