» » Qirg‘iziston terma jamoasi sobiq futbolchisi 30 yoshida vafot etdi

Qirg‘iziston terma jamoasi sobiq futbolchisi 30 yoshida vafot etdi


Qirg‘iziston terma jamoasining sobiq futbolchisi Rustam Zokirov 15-aprel kuni shifoxonada vafot etdi. Bu haqda OFK matbuot xizmati ma’lum qildi.

10-aprel kuni operatsiyadan chiqqan 30 yoshli futbolchiga qon quyish zarurligi ma’lum qilingandi. Qirg‘iziston futbol ittifoqi Zokirovning ahvoli og‘irligini ma’lum qilgan va muxlislarni donorlik qilishga chaqirgandi.

Rustam mashhur futbolchi va murabbiy Ne’matjon Zokirovning o‘g‘li edi.

Rustam Zokirov faoliyati mobaynida “Abdish-Ata” (Kant) va “Alg‘a” (Bishkek) klublarida to‘p surgan. Kantliklar safida bir necha bor Qirg‘iziston chempionligi va sovrindor o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Uch marta mamlakat Kubogida zafar quchgan.

Zokirov 2010-yilda faoliyatini tugatgan. Avvalroq “Ilbirs” yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ishlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют