» » Qirg‘iziston prezidenti Farrux Zokirovni “Do‘stuq” ordeni bilan taqdirladi

Qirg‘iziston prezidenti Farrux Zokirovni “Do‘stuq” ordeni bilan taqdirladi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zbekistonlik xonanda, bastakor, “Yalla” guruhi rahbari Farrux Zokirovni “Do‘stuq” (“Do‘stlik”) ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Qirg‘iziston rahbarining tegishli farmonida Farrux Zokirov O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining do‘stligi mustahkamlanishiga qo‘shgan hissasi hamda ko‘p yillik ijodiy faoliyati uchun taqdirlangani ta’kidlab o‘tildi.

Farrux Zokirov 1976-yildan buyon “Yalla” ansambli yetakchisi bo‘lgan va shu guruh tarkibida O‘zbekistonda va boshqa davlatlarda umumxalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Ansambl bugungi kunga qadar juda mashhur bo‘lib, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya, AQSh, Isroil va Ukrainaga gastrol safarlari uyushtiradi.

1996-yili Farrux Zokirov Qirg‘iziston xalq artisti unvonini olgan edi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют