» » APL. “Manchester Yunayted” o‘z uyida yutqazib qo‘ydi, “Everton” 7 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

APL. “Manchester Yunayted” o‘z uyida yutqazib qo‘ydi, “Everton” 7 ta gol urilgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 2-turida “Manchester Yunayted” 19-sentabr, shanba kuni “Kristal Pelas”ni qabul qildi.

Londonliklar 7-daqiqada Endros Taunsendning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar penalti ishlab oldi. Dastlabki zarbani David de Xea qaytarishga erishdi, biroq darvozabon seyv vaqtida o‘yin qoidasini buzgani bois jarima zarbasi qayta belgilandi. Takroriy zarbani Uilfrid Zaha aniq ijro etdi.

80-daqiqada Donni van de Bek “Manchester Yunayted” safidagi debyut golini urgan holda hisobni qisqartirishga erishdi. Biroq oradan besh daqiqa o‘tib, Zaha jamoasining uchinchi golini urdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Everton” o‘z maydonida “Vest Bromvich”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Mersisaydliklar safida Dominik Kelvert-Lyuin het-trik qayd etgan bo‘lsa, Xames Rodriges va Moyze Kin bittadan gol urdi.

Shuningdek, APLning joriy mavsumdagi debyutantlari “Lids” va “Fulhem” o‘zaro to‘qnash keldi. Unda Marselo Byelsa shogirdlari 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

APL

2-tur bahslari

19-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 – 7 Taunsend, 0:2 – 74, penalti Zaha, 1:2 – 80 van de Bek, 1:3 – 85 Zaha.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Shou, Fosu-Mensa (Igalo, 81), Lindelyof, Maguayr, Brunu Fernandesh, Maktominay, Pogba (van de Bek, 67), Jeyms (Grinvud, 46), Marsyal, Reshford.

“Kristal Pelas”: Guaita, Sako, Uord, Mitchell, Shlupp (Eze, 75), Makartur, Kuyate, Taunsend, Makkarti (Milivoyevich, 88), Zaha, Ayyu (Batshuayi, 81).

Ogohlantirishlar: Uord (55), Fosu-Mensa (58), Maguayr (64).

Gollar: 0:1 – 10 Diangana, 1:1 – 31 Kelvert-Lyuin, 2:1 – 45 Xames, 2:2 – 47 Mateus Pereyra, 3:2 – 54 Kin, 4:2 – 62 Kelvert-Lyuin, 5:2 – 66 Kelvert-Lyuin.

Chetlatish: Gibbs (45) — “Vest Bromvich”.

Gollar: 1:0 – 5 Elder Koshta, 1:1 – 34, penalti Mitrovich, 2:1 – 41, penalti Klix, 3:1 – 50 Bemford, 4:1 – 57 Elder Koshta, 4:2 – 62 Dekordova-Rid, 4:3 – 67 Mitrovich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют