WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Farg‘onada Matiz haydovchisi beton to‘siqqa urilishi oqibatida vafot etdi
Farg‘onada Matiz haydovchisi beton to‘siqqa urilishi oqibatida vafot etdi
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida Matiz avtomobil beton to‘siqqa urilishi natijasida haydovchi vafot etdi, deya xabar qiladi IIV.
Ma’lum qilinishicha, 17-sentabr kuni fuqaro M.B. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasini Yo‘ldosh ko‘chasida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatida haydovchi M.B. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?