» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 51 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 51 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 20-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 243 kishiga oshib, jami kasallanish holatlari soni 51 235 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

“Yangi kasallanish holatlarining 228 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan”, — deyiladi SSV xabarida.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan. Shu tariqa, SSV statistikasi bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus asoratlari oqibatida vafot etganlar soni 429 nafar yetdi (“Daryo” hisobi bo‘yicha qurbonlar soni 447 nafarni tashkil etmoqda).

Qayd etishlaricha, shu vaqtgacha 47 271 nafar bemor (jami kasallangan kishilarning 92 foizi) koronavirusdan sog‘aygan. Hozirda 3535 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda. Ta’kidlanishicha, ulardan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 19-sentabr kuni 614 kishida koronavirus aniqlandi. Besh ayol va bir erkak vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют