» » Erta songan yulduz: Gozal aktrisa Divya Bhartining fojiali qismati

Erta songan yulduz: Gozal aktrisa Divya Bhartining fojiali qismati


Divya Bharti yorqin, ammo qisqa hayot kechirgan Bollivudning shou-biznes vakili hisoblanadi. Kino olamidagi 4 yillik faoliyati davomida 21 ta filmda rol oynab mashhurlikka erishgan va muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa haqida malumot berib otamiz.

Divya Bharti 1974-yil Mumbayda dunyoga kelgan. 14 yoshligidayoq filmda suratga tushishga taklif qilingan Divya, 1990-yilda Boobili Rafa filmida debyut rolini ijro qilgan. Teletomoshabinlar mazkur filmda kichik Shridevini korgandek bolgan. Keyin Koinot qalbi filmida suratga tushgan, ammo film kinoprakatlarga chiqmagan. Shunga qaramay, unda aktrisa ijro etgan raqs oltin fonddan orin olgan.

Bir yil otib Chiranjivi bilan birgalikda suratga tushgan ikki filmining premyerasi bolib otgan. Ushbu filmlar muxlislar tomonidan iliq qabul qilingan va 17 yashar Bharti eng kop haq tolanadigan aktrisalardan biri bolgan.

1992-yilda u Uch jahldor erkak filmida suratga tushadi, film unchalik mashhur bolmagani bilan undagi Saat Satunda qoshigi xit bolgan. 1992-yilda suratga olingan Devona filmida Rishi Kapur va hali mashhur bolib ulgurmagan Shoxruh Xon bilan birga rol ijro qiladi.

Ushbu filmdagi roli sabab Divya Filmfare mukofotini qolga kiritadi. Chaqmoq va Shabnam filmining suratga olish jarayonida aktrisa bolajak turmush ortogi Sajid Nadialvala bilan tanishadi va juftlik 1992-yilda xufiyona turmush quradi.

Gozalligi, istedodi va mehnatsevarligiga qaramay, ogir fel-atvori sabab kinosanoatda hamma ham uni yaxshi koravermagan. Aktrisa 1993-yil 5-aprelda kop qavatli uyning beshinchi qavatidan ozini tashlab, 19 yoshida hayotdan koz yumgan. Uning oz joniga qasd qilishi sababi aniq bolmasa-da, turli taxminlar yoq emas.

Ularning biriga qaraganda, aktrisaning turmush ortogi Sajid mafiya guruhlaridan birining azosi bolgan. U bir necha marta turmush qurgan bolgan va yosh Divyani unga erga tegishga majbur qilgan. Shu tufayli ham ularning oila qurgani aktrisa hayoti olim bilan yakun topmaguniga qadar elon qilinmagan. Divya nomidan shartnomalar imzolab, gonorarlarni chontagiga urgani va unga qol kotargani aktrisa ozini baxtsiz his qilishiga sabab bolgan. Qattiq depressiyaga tushgan aktrisa, spirtli ichimliklar keyinchalik giyohvand moddalarga boglanib qolgan. Vafotidan avval Bharti ichgan bolgan va qoshnilari uni taqdiri va hayotidan nolib baqirganini eshitgan. Mast holda ozini boshqara olmagan aktrisa derazadan ozini tashlagan.

Boshqa bir versiyada esa aktrisaning turmush ortogi uni haddan ortiq yaxshi korgani va uning olimidan keyin ancha vaqtgacha oziga kela olmagani aytiladi. Takidlanishicha, Sajid turmush qursa ham Divyani unuta olmagan, suratga olgan filmlarini unga atagan. Bularning qay biri haqiqat ekani esa nomalum. Divya Bharti kelinlik libosida minglab muxlislar qurshovida songgi manzilga kuzatilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (20-09-2020, 12:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -