» » Katarakta: eng keng tarqalgan koz kasalligining 7 ta belgisi

Katarakta: eng keng tarqalgan koz kasalligining 7 ta belgisi


Katarakta koz gavharining xira tortishi, dunyodagi eng keng tarqalgan koz kasalligi bolib, 40 yoshdan oshgan odamlarda korish qobiliyatini yoqotishning asosiy sabablaridan biridir. Ushbu kasallik paydo bolganda asta-sekin kozning linzalarida shaffof bolmagan nuqtalar paydo boladi va bora-bora insonning korish qobiliyati toxtaydi. Katarakta bilan bogliq asosiy qiyinchiliklardan biri bu ularning bilinmasligi. Sababi, shifokor tomonidan bemorga kasallik korishga sezilarli darajada xalaqit beradigan bosqichda maslahat beriladi. Iloji boricha korish qobiliyatini va uning eng yaxshi darajasini saqlab qolish uchun katarktaning dastlabki belgilarini bilish juda muhim.

Jismlarning loyqa korinishi

Katarakta rivojlanishining ikki alomati korishning pasayishi hamda korilayotgan jismlarning xiralashuvi. Agar atrofdagi dunyo tobora koproq tasavvurga asoslangan rasmlarga oxshasa, unda shifokorga murojaat qilish vaqti kelgan. Rivojlanayotgan katarakta tufayli kozdagi yoruglikni aks ettirishga yordam beradigan obyekt tobora bulutli, xiralashgan va loyqalangandek korinadi.

Ranglarni ajratishda qiyinchilik

Kasallik rivojlanishining yana bir alomati shundaki, bemor ranglarni farqlashi tobora qiyinlashadi. Oq rang biroz sargish, qaymoqrang esa kulrang kabi korinadi. Eng achinarlisi, ushbu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi, shuning uchun ham ranglarni idrok etishdagi ozgarishlarni oz-ozidan sezish juda qiyin. Demak ranglarni ajrata olmayotganlik yaqqol namoyon bolayotgan bolsa, darhol oftalmolog bilan boglanish zarur.

Nurga nisbatan sezgirlikning oshishi

Rivojlanayotgan kataraktaning keng tarqalgan va tez-tez uchraydigan alomati nurga sezgirlikning oshishi. Ushbu kasallik davrida yorqin lampalar haqiqiy dushmanga aylanadi va odatdagi yoruglik darajasi ham juda yorqin va hattoki ogriqli bolishi mumkin. Agar yoruglik tufayli inson ozini noqulay seza boshlasa, zudlik bilan shifokor korigidan otish tavsiya etiladi.

Avtomobilni tunda boshqarishda qiyinchilik paydo bolishi

Haydovchilar kataraktaning dastlabki bosqichlaridayoq sezish imkoniga ega. Buning uchun kechasi mashina boshqaruvi bilan bogliq bolgan qiyinchiliklarga etibor qaratish kifoya. Bosh ogrigi, mashina faralari tufayli kozda paydo boladigan ogriq. Tunda yol belgilarini korishdagi qiyinchiliklar bularning barchasi tezroq shifokorga murojaat qilish uchun sababdir.

Mayda yozuvlarni oqiy olmaslik

Inson yoshi otgan sayin, koproq ehtiyotkorlikni talab etadi. Uzoqni kora olish keng tarqalgan muammolardan biri bolib, 50 yoshdan oshgan odamlarning aksariyati bunga duch keladi. Ammo kitob va jurnallarda kichik shriftdagi yozuvlar oqilishida ham qiyinchilik paydo bolsa, bu kataraktaning rivojlanishi sababi bolishi mumkin. Koz linzasi suv va oqsildan iborat bolib, katarakta oqsilni joyidan siljishiga olib keladi va shu tufayli kichik olchamdagi yozuv va belgilarni korish qiyinlashadi.

Ikki tomonlama korish

Rivojlanayotgan kataraktaning yana bir bilimsiz belgisi ? ikki tomolama korish. Koz linzalarida qanchalik kop xiralashuv va bulut paydo bolsa, u orqali otadigan yoruglik shunchalik buziladi. Natijada korinayotgan tasvir bir necha marotaba ozgargandek tuyuladi. Shuning uchun ikki tomonlama korish holati kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Korishning keskin yaxshilanishi

Uzoqni yaxshi korolmayadigan bemorlarda korish qobiliyatining keskin yaxshilanishi kataraktaning yana bir alomatidir. Afsuski, yaxshilanish juda tez otib ketadi, ammo kasallik rivojlanishda davom etadi. Shuning uchun koz bilan bogliq muammo sezilgan zahoti shifokor bilan maslahatlashish kerak. Shuningdek, yilda bir marotaba bolsa ham korikdan otish kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (20-09-2020, 15:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -