» » Rasman: Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi liga klubiga o‘tdi

Rasman: Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi liga klubiga o‘tdi


O‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov Rossiyaning “Tom” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 33 yoshli Denisov “Tom” safida mavsum oxiriga qadar harakat qiladi. U yangi jamoasida 29-raqam ostida to‘p suradi.

Qayd etish joiz, Vitaliyning so‘nggi jamoasi “Rotor” bo‘lgandi. U iyun oyida volgogradliklar safini tark etgandi.

Bundan tashqari, Vitaliy “Rubin”, “Lokomotiv Moskva”, “Krilya Sovetov”, “Dnepr” va SSKA kabi klublarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Tom” Rossiya quyi ligasida so‘nggi o‘rinlarda (22 jamoa orasida 21-o‘rin) bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют