» » Buxoroda pandemiya sabab to‘xtab qolgan ommaviy tadbirlarga “start” berildi. Vazirlik tashabbusi bilan viloyatda katta festival boshlandi

Buxoroda pandemiya sabab to‘xtab qolgan ommaviy tadbirlarga “start” berildi. Vazirlik tashabbusi bilan viloyatda katta festival boshlandi


Buxoroda koronavirus pandemiyasi sabab yetti oy davomida to‘xtab qolgan ommaviy tadbirlarga “start” berildi. Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan viloyatda katta festival boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘olib Barotov ma’lum qildi.

Ta’kidlashicha, Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan 2020-yil 19—20-sentabr kunlari soat 17:00 dan 19:00 ga qadar respublika bo‘ylab “Maydon tomoshalari” festivali tashkil etilmoqda.

“Sinovli kunlarda xalqni xursand qilish maqsadida tashkil etilgan ‘Maydon tomoshalari’ festivali xalqimiz uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Kechki payt soat 17:00 dan viloyat va barcha tuman, shahar markazlaridagi madaniyat-istirohat bog‘larida madaniy tadbirlarning boshlab yuborilgani yetti oy davomida xavotir ostida yashab kelayotgan aholi va yoshlarni jo‘shqin hayot bag‘riga qaytardi”, — deydi G‘olib Barotov.

Aytilishicha, “Maydon tomoshalari” festivali viloyatdagi xiyobon va madaniyat-istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tmoqda. Unda taniqli estrada xonandalari, folklor jamoalari, baxshilar, maqom ijrochilari, teatr aktyorlari, qo‘g‘irchoq teatrlarining chiqishlari, dorbozlar va sirk tomoshalari o‘rin olgan. Festival shuningdek, “Bolalar dunyosi”, “Temiryo‘lchilar xiyoboni”, “Favvoralar maydoni”, “Nuroniylar maskani” va tuman, shaharlardagi xiyobonlarda o‘tkazilmoqda.

G‘olib Barotovning qo‘shimcha qilishicha, viloyatda festival karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda tashkil etilgan bo‘lib, haftaning dam olish kunlari davom etadi.

Mavzuga doir: “Tadbirni o‘tkazishga jiddiy qarshiliklar bo‘lgan”. Toshkentda 3 yil avval 8 tonnalik “rekordchi palov” damlangan edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют