» » Qashqadaryolik qiz uylanaman deb va’dasida turmagan yigitning Gentra’sini yoqib yubordi

Qashqadaryolik qiz uylanaman deb va’dasida turmagan yigitning Gentra’sini yoqib yubordi


Toshkentda Gentra avtomobili benzin quyib yoqib yuborildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

2020-yil 19-sentabr kuni soat 04:10 da Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 11-kvartalda 19 yoshli Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan Sitora G. tomonidan 23 yoshli qashqadaryolik Asilbek N.ga tegishli bo‘lgan Lacetti Gentra avtomobil yoqib yuborilgan.

Tergov oldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida vaqtinchalik yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o‘rtasida ma’lum vaqt muhabbat bo‘lgan. Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют