» » Liga 1. PSJ safarda uchta gol urib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Liga 1. PSJ safarda uchta gol urib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 4-turida PSJ 20-sentabr, yakshanba kuni “Nitssa” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida Kilian Mbappe penaltidan unumli foydalangan holda mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Anxel di Mariya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda parijliklar yana bir bor raqib darvozasiga yo‘l topdi. 66-daqiqada Markinyos hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa Tomas Tuxel shogirdlari Fransiya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Liga 1

4-tur bahsi

20-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 38, penalti Mbappe, 0:2 – 45 Di Mariya, 0:3 – 66 Markinyos.

“Nitssa”: Benites, Atal (Danilyuk, 65), Pelmar, Dante, Kamara, Le-Melu, Tyuram (Silvestr, 58), Roni Lopesh (Gessan, 73), Shnayderlin, Lotomba (Ndoye, 58), Guiri.

PSJ: Navas, Florensi, Markinyos, Bakker, Kimpembe (Dagba, 83), Guye (Errera, 23), Draksler, Di Mariya (Fadiga, 79), Verratti, Ikardi, Mbappe (Sarabiya, 79).

Ogohlantirishlar: Verratti (43), Bakker (82), Shnayderlin (88).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют