» » RPL. “Spartak” 10 kishi o‘ynab g‘alabani ushlab qoldi, Oston O‘runov zaxiradan maydonga tushdi

RPL. “Spartak” 10 kishi o‘ynab g‘alabani ushlab qoldi, Oston O‘runov zaxiradan maydonga tushdi


Rossiya Premyer Ligasining 8-turida “Spartak” 20-sentabr, yakshanba kuni “Rubin” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Yordan Larsson moskvaliklarni oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada qozonliklar himoyachisi Mixail Merkulov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim boshida “Spartak” Pavel Maslovning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Biroq Tedesko shogirdlari qolgan vaqtda hisobni ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Spartak” ochkolarini 17 taga yetkazib olgan holda peshqadam “Zenit” bilan yonma-yon ketmoqda.

Moskvaning yana bir klubi SSKA Kristiyan Bistrovichning yagona gol evaziga “Ufa” maydonida g‘alaba qozondi. “Sochi” esa Tulada “Arsenal”ga imkoniyatni boy berdi va mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

RPL

8-tur bahslari

20-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 4 Larsson, 0:2 – 21, avtogol Merkulov.

“Rubin”: Medvedev, Merkulov (Uremovich, 53), Begich, Starfelt (Bakayev, 77), Zuyev (Ignatev, 67), Kvaratsxeliya, Makarov, Abilgor, Yevtich, Shatov, Despotovich.

“Spartak”: Maksimenko, Kutepov, Jikiya, Maslov, Ayrton, Zobnin, Kral, Umyarov (Yeshenko, 77), Bakayev (O‘runov, 76), Ponse (Sobolyev, 88), Larsson (Gaponov, 62).

Ogohlantirishlar: Kvaratsxeliya (24), Abilgor (30), Maslov (30), Merkulov (47), Maksimenko (61), O‘runov (81), Makarov (90), Uremovich (90), Yevtich (90).

Chetlatish: Maslov (61).

Gollar: 0:1 – 10, penalti Noboa, 1:1 – 20 Tkachev, 2:1 – 45 Kangva, 2:2 – 65 Mevlya, 3:2 – 71 Tkachev.

Gol: 0:1 – 64 Bistrovich.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют