» » Rossiya Kubogi. Oston O‘runov debyut golini urgan o‘yinda “Spartak” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Rossiya Kubogi. Oston O‘runov debyut golini urgan o‘yinda “Spartak” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


Futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi guruh bosqichining 1-turida “Spartak” 16-sentabr, chorshanba kuni “Rodina”ga qarshi bahs olib bordi.

Unda moskvaliklar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Yordan Larsson “Spartak”ni oldinga olib chiqdi. 53-daqiqada Oston O‘runov jarima maydoni tashqarisida bir nechta himoyachini ortda qoldirdi va darvoza tomon aniq zarba yo‘llab, jamoadagi debyut golini urdi.

Oradan ko‘p o‘tmay poytaxtliklar Ayrton va Roman Zobninning gollaridan hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 61-daqiqada Mogomed Habib Abdusalamov nominal mezbonlarning javob to‘piga mualliflik qildi. 80-daqiqada Esekiel Ponse jamoasining chiroyli kombinatsiyasini qoyilmaqom gol bilan yakunladi.

“Spartak” asosiy tarkibida ilk bor tushgan Oston O‘runov mazkur bahsda to‘liq harakat qildi.

Rossiya Kubogi

1-tur bahsi

16-sentabr, chorshanba

Gollar: 0:1 – 35 Larsson, 0:2 – 53 O‘runov, 0:3 – 56 Ayrton, 0:4 – 59 Zobnin, 1:4 – 61 Abdusalamov, 1:5 – 80 Ponse.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют