» » Rossiya Kubogi. “Rostov” “Spartak”ka yutqazdi, Shomurodov esa golli uzatma berdi

Rossiya Kubogi. “Rostov” “Spartak”ka yutqazdi, Shomurodov esa golli uzatma berdi


“Rostov” klubi 31-oktabr, payshanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya Kubogi 1/8 finalida “Spartak”ka qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Moskvaliklar safida Jordan Larsson dublga erishgan bo‘lsa, rostovliklar tarkibida Aleksandr Dolgov Eldor Shomurodovning uzatmasini golga aylantirdi. Qayd etish joiz, Shomurodov uchrashuvning 71-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

“Spartak” endi 1/4 finalda SSKA bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Rossiya Kubogi

1/8 final bahsi

31-oktabr, payshanba

Gollar: 1:0 – 43 Larsson, 2:0 – 59 Larsson, 2:1 – 86 Dolgov.

“Spartak” – Maksimenko, Ayrton (Rasskazov, 87), Kutepov, Djikiya, Jigo, Bakayev, Zobnin (Melgarexo, 74), Umyarov, Kral, Ponse (Shyurrle, 77), Larsson.

“Rostov” – Pesyakov, Vilyush (Dolgov, 75), Vedernikov, Chistyakov, Xadjikadunich, Zaynutdinov, Popov (Bayramyan, 67), Saplinov, Glebov, Logashov, Sigurdarson (Shomurodov, 71).

Ogohlantirishlar: Ponse (28), Ayrton (45), Zaynutdinov (53), Djikiya (73).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют