» » RPL. “Spartak” Moskva derbisida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, Oston O‘runov zaxiradan maydonga tushdi

RPL. “Spartak” Moskva derbisida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, Oston O‘runov zaxiradan maydonga tushdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 7-turida “Spartak” 13-sentabr, yakshanba kuni SSKA maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Esekiel Ponse mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq tanaffusga qadar “armiyachilar” bunga ikkita to‘p bilan javob qaytardi. 30-daqiqada Xerdyur Magnusson hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Nikola Vlashich ikkinchi to‘pni kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa vakillarida bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, ulardan maydon egalari unumli foydalana oldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Chidera Ejuke SSKAning 3-golini urdi.

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov uchrashuvning 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Shu tariqa “Spartak” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. “Qizil-oqlar” 14 ochko bilan musobaqaning 2-pog‘onasidan joy olgan. SSKA (13) esa ushbu g‘alabadan keyin 4-pog‘onaga ko‘tarildi.

RPL

7-tur bahsi

13-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 11 Ponse, 1:1 – 30 Magnusson, 2:1 – 45 Vlashich, 3:1 – 90+2 Ejuke.

SSKA: Akinfeyev, Karpov, Magnusson, Fernandes, Tiknizyan (Zaynutdinov, 64), Oblyakov, Kuchayev (Biyol, 83), Maradishvili, Vlashich (Bistrovich, 88), Shennikov, Chalov (Ejuke, 64).

“Spartak”: Maksimenko, Jikiya, Jigo, Maslov, Ayrton, Kral, Zobnin, Umyarov (O‘runov, 77), Bakayev (Kokorin, 56), Larsson, Ponse (Sobolev, 56).

Ogohlantirishlar: Karpov (1), Maslov (29), Ayrton (34), Sobolev (58), O‘runov (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2020, 23:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют