» » “Yuventus”ning 2020/21-yilgi mavsumda Italiyada chempion bo‘la olmasligiga 5 ta sabab

“Yuventus”ning 2020/21-yilgi mavsumda Italiyada chempion bo‘la olmasligiga 5 ta sabab


2019/20-yilgi mavsum “Yuventus” uchun deyarli (boisi A Seriyadagi g‘alaba jamoa uchun allaqachon katta natija hisoblanmaydi) omadsiz kechdi. Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan tashqari, Italiya chempionatida turinliklarga “Inter” ham jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.

Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda Turin klubining uzoq yillik gegemonligi nihoyasiga yetadi va Apennin yarim orolining navbatdagi chempioni Antonio Kontening “Inter”i bo‘ladi. Bunga bir nechta sabablar bor, quyida shu haqida batafsil fikr yurtiladi.

Andrea Pirlo tajribasiz murabbiy

“Yuventus” ancha yillardan beri Chempionlar Ligasini yutishni orziqib kutmoqda. Va buni tushunsa bo‘ladi. Ammo tajribasiz Andrea Pirloning bosh murabbiy etib tayinlanishi vahima va shoshqoloqlikdan boshqa hech narsa emas.

Hech kim Pirloning o‘tmishda buyuk futbolchi bo‘lganiga shubha qilmaydi: “Yuve” usiz bu qadar ko‘p sovrin qo‘lga kiritmagan bo‘lardi. Ammo yarim himoyachi nimagaki erishgan bo‘lsa, bularning barchasi faqat maydonda bo‘lgan. Uning rezyumesida “Yuventus”ning yoshlar tarkibi bilan to‘qqiz kunlik ishdan boshqa hech narsa yo‘q. Endilikda esa u Krishtianu Ronaldu darajasidagi super yulduzlarni “yugurtirishi” kerak...

Beqaror jamoa

“Yuventus” Massimiliano Allegrining pragmatik, ammo tekshirilgan taktikasidan voz kechishi bilanoq, muammolarga duch kela boshladi.

Ronaldu yangi ligada o‘zini juda yaxshi his qilmoqda, ammo Mauritsio Sarri davrida aksariyat futbolchilar o‘z qobig‘idan chiqib ketdi va ularning deyarli barchasi murabbiyning uslubidan norozi bo‘lgandi. Agar Ronaldu va Dibalaning xizmatlari bo‘lmaganida “Yuve”ning nimagadir erishishi amri mahol edi. Istalgan inson tashqaridan nazar tashlar ekan, jamoaning beqaror ekanligini osongina ilg‘aydi. Buning uchun shunchaki “Lion”ga qarshi o‘yinni yodga olish kifoya.

Jamoaga yangi yarim himoyachilar kerakligini ham alohida ta’kidlash zarur, boisi jamoaning o‘yinini aynash ushbu ampuladigalar belgilab beradi. To‘g‘ri, Pyanichning o‘rniga Artur keldi. Biroq bu “Shalpangquloq”ni (Chempionlar Ligasi sovrini) ko‘zlagan jamoa uchun yetarli emas. Ammo rahbariyat va Pirlo hozircha faqat hujum haqida o‘ylamoqda. Pirlo qanday taktikani tanlashini aytish mushkul, ammo shu aniqki, bu oson bo‘lmaydi.

Jamoa uchun A Seriya asosiy maqsad emas

Odatda milliy birinchilikdagi g‘alabalardan keyin murabbiy o‘z vazifasidan ozod etilavermaydi, ammo qatorasiga to‘qqizinchi skudetto ham Sarrini jamoada olib qololmadi.

“Yuventus” rahbariyati kutishdan charchadi. A Seriyada isbotlaydigan hech narsa qolmagan, ammo Yevropada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina. Bir vaqtlar Ronaldu ham aynan Chempionlar Ligasi uchun xarid qilingandi.

Pirlo ikkala frontda ham muvaffaqiyatga erishishga harakat qilishi aniq, ammo hech shubha yo‘qki, asosiy e’tibor A Seriyaga emas, balki Chempionlar Ligasiga qaratiladi.

Antonio Konte

Antonio Konte – “keksa sinyora” afsonasi ekanligi hech kimga sir emas. Bu yerda u ham futbolchi, ham murabbiy sifatida son-sanoqsiz sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Ko‘pchilik uning “Inter” bosh murabbiyi etib tayinlanishini Turindagi merosiga putur yetkazadi va muvaffaqiyatsizlikka uchraydi deb hisoblagandi.

Konte hozirda g‘alaba qozonishga har qachongidan ham jiddiy kirishgan. U “Yuventus”ning ligadagi gegemonligiga tugatishiga va’da berdi, ammo dastlabki urinish muvaffaqiyatsiz kechdi. Mutaxassis bundan shu darajada tushkunlikka tushdiki, hatto klubni tark etmoqchi ham bo‘ldi, ammo rahbariyat bilan kelishib, boshlagan ishini oxiriga yetkazishga qaror qildi. U o‘zi ishlagan barcha jamoalarda chempion bo‘lolgan. Endi esa navbat “Inter”ga!

“Inter”ning transfer bozoridagi muvaffaqiyatlari

Hozircha “Yuve” transfer bozorida deyarli ko‘rinmayapti. “Inter” esa bir joyda turgani yo‘q.

Yevropadagi yorqin iste’dodlardan biri bo‘lgan Ashraf Hakimi Milanga ko‘chib o‘tdi. Yosh yarim himoyachilar Nikolo Barella va Stefano Sensi tarkibga qo‘shib olindi. Bundan tashqari, klubga Aleksandr Kolarov keldi, Aleksis Sanchesning transferi sotib olindi. Shuningdek, “Barsa”ga kerak bo‘lmay qolgan Arturo Vidalning kelishi kutilmoqda.

Avvallari Italiyada aynan “Yuventus” bitimlarda ustaligi bilan ajralib turardi. Ammo bu yili u hech kimni ajablantirmayapti. Transfer oynasi yopilishiga esa hech qancha qolmadi.

Boshqa maqolalar: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 22:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют