» » Andrea Pirlo “Yuventus” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Andrea Pirlo “Yuventus” bosh murabbiyi etib tayinlandi


“Yuventus” klubi Andrea Pirloni bosh murabbiylikka tayinlanganini e’lon qildi.

41 yoshli mutaxassis turinliklar bilan 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

“Yuventus” Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Lion” to‘sig‘idan o‘ta olmagandan keyin Mauritsio Sarrini iste’foga chiqardi.

Bu Pirlo uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk tajriba bo‘ladi. Pirlo joriy yil iyul oyining oxirida “Yuventus” U-23 jamoasi bosh murabbiyiga aylangandi.

Pirlo “Inter”, “Milan” va “Yuventus”dagi futbolchilik faoliyati bilan mashhur. U Italiya terma jamoasi bilan 2006-yilgi Jahon Chempionati g‘olibiga aylangan. Andrea 2017-yilning noyabrida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют