» » Rossiyada bir haftada 40 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi. Bu iyul oyidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich

Rossiyada bir haftada 40 mingdan ortiq kishida COVID-19 aniqlandi. Bu iyul oyidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich


Rossiyada so‘nggi sutkada 6148 kishi COVID-19’ga chalindi. Bu 18-iyuldan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich, deb yozmoqda “RBK”.

So‘nggi haftada qayd etilgan kasallanishlar soni iyul oyidan buyon ilk bor 40 ming kishidan oshgan. Koronavirusga qarshi tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, 14-sentabrdan 20-sentabrgacha 40 588 kishi kasallangan, undan bir hafta avval esa bu ko‘rsatkich 37 306 nafarni tashkil qilgan. Oxirgi marta 20-26-iyul davomida 40 mingdan ortiq (40 939) kishi COVID-19'ga chalingani qayd etilgan.

Mamlakatda pandemiya davridan buyon 1 103 399 kishida koronavirus qayd etilgan. Ularning 900 mingdan ortig‘i sog‘aygan, 19 418 nafari vafot etgan.

“Rospotrebnadzor” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi sutkada 364 mingta, umumiy hisobda esa 42,8 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Avvalroq Rossiyalik virusologlar COVID-19’dan tuzalganlarning atrofdagilarga qanchalik xavf tug‘dirishini baholagani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют