» » Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda 62 yoshli velosiped haydovchisi vafot etdi

Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda 62 yoshli velosiped haydovchisi vafot etdi


Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 62 yoshli velosiped haydovchisi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi katta inspektori Farruh Yakubov xabar berdi.

Xabar berilishicha, 2020-yilning 19-sentabr kuni soat 17:45 da Karmana tumanidagi “Beshkent” MFY hududidan o‘tgan 4-R64 E avtomobil yo‘lining oltinchi kilometrida YTH sodir bo‘lgan.

Ushbu YTHda 21 yoshli haydovchi U.M. Cobalt mashinasida yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan 62 yoshli fuqaro V.S.ni to‘satdan urib yuborgan. Natijada velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, Karmana tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.

“Ushbu yo‘l-transport hodisasi Cobalt haydovchisining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan tezlikni oshirgani sabab kelib chiqqan. Olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramay, velosiped haydovchilari bilan yuzaga kelayotgan avtohalokatlar soni oshmoqda”, — deydi Farruh Yakubov.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB tomonidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2020-yilning 8 oyida velosipedlar ishtirokida yuz bergan YTHlarda 143 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют