» » Rossiya O‘zbekistonning muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha taklifini rad etdi – Aziz Abduhakimov

Rossiya O‘zbekistonning muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha taklifini rad etdi – Aziz Abduhakimov


Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov “Kun.uz”ga Rossiya bilan aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha muzokaralar haqida ma’lumot berdi.

“Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha O‘zbekiston Transport vazirligi Rossiya Transport vazirligi hamda aviatsiya hukumatlari bilan bir necha bor muzokaralar olib bordi. Biroq Rossiyaning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha Maxsus komissiyasi ushbu taklifni rad etdi. Rossiya Maxsus komissiyasi bu holatni xorijdan kirib keluvchi yo‘lovchilar hajmi ko‘payishi oqibatida mamlakatda epidemiologik holat izdan chiqishi mumkinligi bilan izohladi.

Shunga qaramasdan Rossiya aviatsiya hukumati hamda Rossiya Transport vazirligi O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan yuborilgan murojaatnoma asosida Rossiya Maxsus komissiyasiga taqdimnoma kiritdi. Hozirda Rossiya Maxsus komissiyasining qarori kutilmoqda”, – degan u.

Kuz mavsumi kirib kelgani hamda havo harorati pasayib borayotganini inobatga olgan holda Rossiyada qolgan o‘zbekistonliklar mamlakatga olib kelinishini tezlashtirish maqsadida muntazam aviaqatnovlar tiklanguniga qadar Respublika maxsus komissiyasi topshirig‘iga binoan Transport vazirligi tomonidan Rossiya shaharlariga bo‘lgan charter aviaqatnovlari soni oshirilgan.

Xususan:

Bundan tashqari, fuqarolar olib kelinishi uchun birgina sentabr oyining o‘zida Rossiyaning bir necha aviakompaniyalariga ular yuborgan so‘rovnomalar asosida mamlakatning barcha aeroportlariga 80 dan ortiq charter aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.

“Hozirda Rossiya va Qozog‘iston chegara hududida to‘planib borayotgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter poyezd qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, Qozog‘istonning Rossiya bilan chegaradosh hududlardagi fuqarolarimizni olib kelish bo‘yicha charter avtobus qatnovlarini amalga oshirishga kelishib olindi”, – degan Aziz Abduhakimov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют