» » Nurmat Otabekov qoshni davlatlar bilan chegaralar qachon ochilishi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi

Nurmat Otabekov qoshni davlatlar bilan chegaralar qachon ochilishi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi


Ozbekistonda koronavirus bilan kasallanish korsatkichi chegaralarni ochish bilan bogliq ishlarni kechiktirishni taqozo etadi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Nurmat Otabekov tomonidan malum qilingan.

Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda barcha turdagi xalqaro qatnovlarni tiklash boyicha xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda va qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash boyicha tadbirlar amalga oshirilyapti. Qoshni davlatlar bilan chegaralar ochilishi va fuqarolarning undan chiqib kirishiga ruxsat berish uchun epidimiologik vaziyat aynan shuni taqozo qilishi kerak. Hozirgi paytdagi kasallanish korsatkichi chegaralarni ochish bilan bogliq ishlarni paysalga solishni taqozo qilyapti. Aks holda kasallik chetdan kirib kelib tarqalishi ehtimoli yuqori ekanligini unutmasligimiz kerak.

Nurmat Otabekov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshligi

Eslatib otamiz,Uzbekistan Airways AJ xalqaro yonalishlar boyicha muntazam parvozlarni qayta tiklashinimalum qilgan. 16-avgustdan 31-avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yonalishlar boyicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiybekor qilingan edi. Kompaniya sentabrdan boshlab 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkinligi haqida bildirgan. Shuningdek,Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev Kommersantga bergan intervyusidaOzbekiston Rossiya bilan xalqaro aviaqatnovlarni sentabr oyi davomida tiklashi mumkinligini aytgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (15-09-2020, 20:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -