» » Garet Beyl: “Real”da g‘oliblik mentalitetiga ega bo‘ldim

Garet Beyl: “Real”da g‘oliblik mentalitetiga ega bo‘ldim


“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl “Tottenhem”ga (ijara asosida) qaytganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ortga qaytganimdan xursandman. Bu men uchun qadrli klub, bu yerda o‘z nomimni tanitganman. Klub ajoyib muxlislarga ega. Umid qilamanki, sport formamni tiklayman va jamoaga yordam beraman. Shuningdek, sovrin yutishni xohlayman.

Har doim “Real”dan ketganimdan so‘ng bu yerga qaytish haqida o‘ylardim. Imkoniyat paydo bo‘ldi va bu men uchun foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. O‘yinga tashnaman, g‘ayratim bor, jamoaga yordam bermoqchiman. Uchrashuvlarni intiqlik bilan kutyapman.

Madridda o‘ynab, sovrinlarni qo‘lga kiritganim, Uels terma jamoasi bilan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etganim sababli, g‘oliblik mentalitetiga ega bo‘lganimni his qilyapman va sovrinlarni yutish nimaligini tushunaman. Umid qilamanki, bularni “Tottenhem” futbolchilariga singdiraman, ularni sovrin yutishimiz mumkiniligiga ko‘proq ishontiraman. Yangi mavsumdagi maqsad — shunchaki sovrin yutish emas, balki barcha frontlarda kurashish.

Garet Beyl, futbolchi

Avvalroq “Tottenhem” uelslik hujumchini bir mavsumga ijaraga olgani va uning maoshini to‘liq qoplashi, “Real” esa bonus pullarini to‘lib berishi xabar qilingandi.

Beyl 2007—2013-yillar oralig‘ida “shporlar” safida to‘p surgan. “Real” uni o‘sha vaqtdagi rekord narx — 101 million yevroga sotib olgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют