» » Messi “Barselona”dan ketayotgan Vidal bilan o‘zgacha xayrlashdi va o‘zi ham klubdan ketishiga shama qildi

Messi “Barselona”dan ketayotgan Vidal bilan o‘zgacha xayrlashdi va o‘zi ham klubdan ketishiga shama qildi


“Barselona” sardori Lionel Messi jamoani tark etib, “Inter” safiga o‘tayotgan yarim himoyachi Arturo Vidal bilan Instagram sahifasi orqali xayrlashdi.

“Bir-birimizga qarshi o‘ynagan vaqtlarimidagina seni bilganman. Sen menga doim fenomen bo‘lib ko‘ringansan. Keyin esa shaxsan tanishdik. Meni yana ham ko‘proq hayratga solding. Birga o‘tgan ikki yil davomida ko‘plab narsalarni birga bo‘lishdik. Sen jamoada o‘z izingni qoldirding. Jamoa seni sog‘inib qoladi, Arturo. Yangi klubda va faoliyatingning yangi bosqichida senga eng yaxshilarini tilab qolaman. Sen bilan yo‘llarimiz yana kesishadi, bunga aminman”, — deya yozadi Messi.

Vidal ham Messiga javob qaytardi: “Katta rahmat, o‘zga sayyoralik. Tarixdagi eng zo‘ri bilan bitta jamoada o‘ynaganimdan faxrlanaman. Do‘stlik uchun ham minnatdorman. Sog‘inib qolaman. Ko‘rishamiz”.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli Vidal “Inter” bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolaydi. Ya’ni Arturo ikki mavsumdan so‘ng shartnomasini yana bir yilga uzaytirishi mumkin bo‘ladi. Chililik futbolchi milanliklar safida yiliga bonuslar bilan qo‘shganda 6 million yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, Messi yozgi transferlar vaqtida “Barselona” bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishni xohladi. Ammo Bartomeu Messi klubni tark etishi uchun 700 million yevro to‘lanishi kerakligini qayd etib, shartnoma bekor qilinishiga ruxsat bermadi. Leo esa klub bilan sudlashish niyati yo‘qligini e’lon qilib, Kataloniyada qolishini aytdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют