» » Dunyo haydovchilari pandemiya tufayli qancha vaqt tejagani hisoblab chiqildi

Dunyo haydovchilari pandemiya tufayli qancha vaqt tejagani hisoblab chiqildi


Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon yo‘llardagi tirbandliklar hamda haydovchilar mashina ichida maqsadsiz o‘tkazadigan vaqt ham sezilarli darajada kamaydi, deb yozadi Motor.

Vanarama Britaniya lizing kompaniyasi dunyoning aholisi eng ko‘p shaharlarda haydovchilar pandemiya tufayli qancha vaqt tejaganini hisoblab chiqdi. Navigatsiya tizimlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya davrida Hindistonning Nyu-Dehli shahri haydovchilari eng ko‘p vaqt tejagan. Ular 2020-yilning mart oyidan iyul oyigacha 79 soat yoki uch kundan ko‘proq vaqt tejagan.

Parij haydovchilari ushbu muddatda 69 soat, undan so‘ng San-Paulu shahri haydovchilari 63 soat vaqt tejagan.

Nyu-York aholisi pandemiya davrida 58 soat bo‘sh vaqtga ega bo‘ldi, Los-Anjelesda esa ushbu ko‘rsatkich 43 soatni tashkil etdi.

Odatiy transport harakatining kamligi shaharlardagi havo tozaligiga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Nyu-Dehli, San-Paulu va Pekindagi ko‘p qavatli uylar kutilmagan ravishda toza holida saqlandi.

Biroq karantin yumshatilgan iyul oyidan yo‘llardagi tirbandlik darajasi 17 foizga o‘sdi.

Boshqa qiziqarli xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют