» » Ispaniyada 101 ta mushuk bilan yashagan erkak boshqa uyga ko‘chirildi

Ispaniyada 101 ta mushuk bilan yashagan erkak boshqa uyga ko‘chirildi


Ispaniyada yashovchi erkak 101 ta mushugi tufayli o‘z uyidan boshqa uyga ko‘chirildi, deb yozadi The Guardian.

Valensiya shahrida yashovchi erkak uch yil avval 100 kvadrat metr maydonga ega xonadonida ikkita mushuk boqib olgan. Jonivorlar emlanmagan, ular birin-ketin ko‘paya boshlagan.

Vaziyat haqida mahalliy hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha tashkilotlar xabar topdi. Ular hukumatdan erkakni boshqa uyga ko‘chirishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, volontyorlar birinchi marta xonadonda yashayotgan jonivorlarning aniq sonini hisoblay olmagan.

Mahalliy jonivorlar boshpanalari va xayriya tashkilotlari buncha ko‘p mushukni eplay olmayapti. Tegishli tashkilotlar vakillari mahalliy aholidan mushuklarni vaqtincha boqib turishni so‘ragan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют