» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva: Koronavirus sigaret va chilim tutunidan “qo‘rqmaydi”

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva: Koronavirus sigaret va chilim tutunidan “qo‘rqmaydi”


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva “Koronavirus tutundan “qo‘rqadi”. Muntazam kalyan, ya’ni chilim chekib yurgan insonlarga kasallik yuqmaydi, degan gaplar yuribdi. Bu qanchalik haqiqat?”, degan savolga javob berib, aniqlik kiritib o‘tdi.

Chilim chekish kundan kunga aholimiz orasida urf-odatga aylanib bormoqda. Ayniqsa, o‘smirlarimiz orasida bunday holatlarga qiziqish kuchayib bormoqda. Sigaretga o‘xshash vositalar turidan biri kalyan (chilim) chekish, bu ham chekuvchilikning bir turi hisoblanadi. Bugungi kunda sigaret yoki chilim tutunidan koronavirus “qo‘rqadi”, degan gaplarning barchasi yolg‘on. Koronavirus na sigaret, na chilimning tutunidan “qo‘rqadi”. U organizmga tushadigan bo‘lsa, gavjum joylarda, ya’ni bir nechta odam yig‘ilishib qolib, shaxsiy gigiyenik qoidalariga rioya qilmasa, ijtimoiy masofa saqlamasa, niqob taqmasa, qo‘llarga doimiy ishlov berib turilmasa, bu kasallikdan hech kim himoyalanmagan. Chilim chekuvchilarda ham xuddi sigaret chekuvchilardagi kabi yillar davomida o‘pkada, nafas yo‘llarida qandaydir qoldiqlar qolishi mumkin. JSST tashkiloti tadqiqotlaridan birida umumiy, hamma foydalanadigan kalyan (chilim) uskunasi va jihozlari tekshiruvdan o‘tkazilganda kalyan (chilim)da inson nafas olib-chiqarishida turli xil nafas yo‘llari orqali o‘tadigan kasalliklar, sil kasalligi tayoqchalarining ham yuqish ehtimoli yuqori ekanligini tasdiqlangan.

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus yo‘qligini bildirgan, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata, deb atagan, “doka niqob spirt bilan namlab, taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi” mazmunidagi gap-so‘zlar asossizligi, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют