» » Qo‘qon shahar IIO FMBga yangi boshliq tayinlandi

Qo‘qon shahar IIO FMBga yangi boshliq tayinlandi


Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan polkovnik Hasanov Farhod Fattohovich Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Farhod Hasanov Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning fevraldan buyon Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan — Ichki ishlar vazirining jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozmiga tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют