» » Xiaomi 108 megapikselli kameraga ega yangi smartfon ishlab chiqaradi

Xiaomi 108 megapikselli kameraga ega yangi smartfon ishlab chiqaradi


2020-yilning iyul oyida Xiaomi Gaugin va Gaugin Pro nomi ostidagi yangi smartfonlar ustida ish olib bormoqda, degan xabarlar tarqalgan edi. M2007J17C raqamli qurilmalardan biri Xitoy telekommunikatsiya regulyatoridan sertifikat oldi, deb yozadi Gizmochina.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Digital Chat Station Xitoy insayderi avvalroq tilga olingan M2007J17C raqamli Gaugin smartfoniga to‘g‘ri keladi. Qurilmaning asosiy xususiyati shundaki, u 108 megapikselli kameraga ega. Bundan tashqari, smartfon ushbu texnologiyaga ega Xiaomi smartfonlari orasida eng hamyonbopi bo‘ladi.

Budjet holatiga ko‘ra, e’lon qilinmagan gadjet Redmi brendi ostida chiqarilishi mumkin. Bunday vaziyatda Redmi smartfoni ilk marta 108 megapikselli kameraga ega bo‘ladi. Hozir Xiaomining Mi 10, Mi 10 Pro va Mi Note 10 Pro kabi modellarida shunday megapikselli kamera mavjud.

Yangi smartfon hali sotuvga chiqarilmagan Redmi Note 10 lineykasidan joy olishi mumkin. Yaqinda M2007J22C raqamli qurilma sertifikatlashdan o‘tdi, shuning uchun M2007J17C Redmi Note 10 Pro’ning yanada takomillashgan versiyasi bo‘lishi kutilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modellarning taqdimoti 2020-yil oktabr oyiga rejalashtirilgan. Afsuski, gadjetlarning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют