» » O‘zbekiston fuqaroligini olish va undan voz kechish jarayonlari onlayn rejimga o‘tkaziladi

O‘zbekiston fuqaroligini olish va undan voz kechish jarayonlari onlayn rejimga o‘tkaziladi


O‘zbekiston fuqaroligini olish va undan chiqish to‘g‘risidagi arizalarni onlayn tarzda qabul qilish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadida “E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasi yaratilgan bo‘lib, u 2020-yilning oktabr oyidan to‘liq ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi 16-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini ko‘rib chiqishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi majmuasini modernizatsiya qilish orqali “E-Fuqaro” — O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma’lumotlar bazasini joriy etdi.

Bildirilishicha, “E-Fuqaro” tizimi asosida fuqarolikni olish uchun arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartiblari avtomatlashtiriladi. Shuningdek, fuqarolikni rasmiylashtirish, fuqarolikni tiklash va uni yo‘qotish bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish, undan chiqish to‘g‘risidagi arizalar “E-Fuqaro” tizimi orqali real vaqt rejimida qabul qilinadi.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududida fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali berish mexanizmi joriy etiladi. Xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar esa Tashqi ishlar vazirligi saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati orqali keyinchalik shaxsan kelib murojaat qilish shartini inobatga olgan holda murojaat qilishi mumkin.

Hukumat qarori ilovasiga ko‘ra, fuqarolikka qabul qilish yoki undan chiqish uchun arizalarni ko‘rib chiqish muddati to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, taxminan 45 kun davom etadi va “E-Fuqaro” bazasining o‘zi oktabr oyida to‘liq ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning mart oyida “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Qonunga muvofiq, 1995-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan o‘tgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda mazkur qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют