» » Ozbekistonda osimliklar karantini sohasida yirik ilmiy markaz tashkil etiladi

Ozbekistonda osimliklar karantini sohasida yirik ilmiy markaz tashkil etiladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni osimliklar karantini sohasidagi islohotlar natijadorligi tahliliga bagishlangan yigilish otkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yigilishda qayd etilishicha, qishloq xojaligi sohasidagi islohotlar va eksport siyosatining asosiy maqsadi mamlakat mahsulotlarini jahon bozori talablariga moslashtirish. Shuning uchun, osimliklarni himoya qilish yonalishini isloh qilib, Osimliklar karantini inspeksiyasi tashkil etildi. Xalqaro standartlarni joriy etib, eksportga komaklashish, xorijiy davlatlar bilan bitimlar tuzish, osimliklar klinikasi va biolaboratoriyalar tashkil qilish, shuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlarini olib kirib, malakali kadrlar tayyorlash boyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu boradagi dastlabki qadamlar natijasida 19 davlatga 78 xil mahsulotni eksport qilish uchun ruxsatnomalar olindi. Sertifikatsiya uchun onlab qogoz hujjatlar orniga yagona elektron tizim joriy etilib, eksportchilarning arizalarini korib chiqish muddati 10 kundan 1 kunga tushirildi.

Yigilishda davlat rahbari sohada amalga oshirilayotgan ishlar boyicha taqdimot bilan tanishib, navbatdagi vazifalarni korsatib otdi.

Yangi eksport bozorlari topib, mahsulotlarni hozirgi narxidan 3-4 baravar qimmatroq sotish imkoniyati borligi aytildi. Tovarlarni xalqaro fitosanitariya talabi asosida tayyorlash uchun mahsulot yetishtiruvchi, qadoqlovchi va eksport qiluvchi har bir korxonaga karantin inspektorlarini biriktirish boyicha korsatma berildi.

Litva, Latviya, Ukraina, Ozarbayjon, Misr, Qatar, Moguliston, Afgoniston va boshqa davlatlar bilan muzokara otkazib, gilos, anor, uzum, qovun kabi meva-sabzavotlar eksporti uchun tadbirkorlarga yol ochib berish vazifasi belgilandi. Daladan eksportgacha tamoyili boyicha toliq ishlashni taminlash zarurligi qayd etildi.

Qayd etilishicha, kelgusi yillarda qishloq xojaligi mahsulotlari eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish moljallangan. Buning uchun sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro sertifikatsiya tizimini tatbiq etish kerak. Shu bois davlat rahbari bu boyicha yirik ilmiy markaz tashkil etish taklifini ilgari surdi. Fan bilan amaliyot uygunligini taminlash, eksportchi korxonalar mutaxassislariga xalqaro fitosanitar talablarni tushuntirish boyicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida ham xalqaro fitosanitariya talablari oqitiladi.

Takidlanishicha, bugungi kunda sohada xususiy sektor ishtirokida 205 ta osimliklar klinikasi, 690 ta biolaboratoriya mavjud. Sifat va raqobatni taminlash maqsadida bunday xususiy klinika va biolaboratoriyalarni kopaytirish lozimligi takidlandi.

Osimliklar karantini davlat inspeksiyasiga 1-dekabrga qadar oz malumotlar bazasini bojxona organlarining Yagona darcha elektron tizimiga toliq integratsiya qilish vazifasi qoyildi.

Avvalroq Ozbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomasiga asosan, Xitoy hukumati Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Osimliklar karantini davlat inspeksiyasining laboratoriyalarini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun 3 million dollarlik grant mablaglari ajratilishini maqullagani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-09-2020, 23:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -