» » Ro‘ziqul Berdiyev: “Nasaf”da moliyaviy muammolar bor, ammo maydonda buni o‘ylayotganimiz yo‘q

Ro‘ziqul Berdiyev: “Nasaf”da moliyaviy muammolar bor, ammo maydonda buni o‘ylayotganimiz yo‘q


“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Coca-Cola Superliga 16-turi doirasida “Surxon”ga qarshi kechgan o‘yindagi yirik g‘alabadan (5:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchinchi golga qadar “Surxon” jamoasiga imkoniyat bermadik. Raqib safida tajribali futbolchilar bor edi, ularga imkoniyat bermaslikka harakat qildik. Uchinchi goldan keyin ozgina bo‘shashdik. O‘yin davomida ustunlik biz tomonda bo‘ldi, buni hisobda ham aks ettirdik. Yigitlar ko‘rsatmalarimizni bajardi.

“Navbahor” bilan o‘yinga yaxshi tayyorlanamiz. Bu g‘alaba ruhiy tomondan ko‘tarinkilik berishi tayin. Biz har bir uchrashuvga jiddiy yondashmoqdamiz. Superligada oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Jamoalar bizga munosib qarshilik ko‘rsatmoqda.

Marko Stanoyevichning o‘yinida mavsum boshiga qaraganda pasayish bo‘ldi. Balki charchoq alomatidir yoki boshqa sababdanmi, bilmadim. Lekin tajribasi katta, o‘yinni boshqarishga bizga yordam bermoqda. Traorega “Andijon” bilan o‘yinda imkoniyat berdik. Qanot yarim himoyasida o‘ynadi, lekin biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Bu o‘yinda Sherzod Nasrullayev charchab qoldi, shuning uchun uni qanot himoyasida o‘ynatdik.

Moliyaviy muammolar bor, biz buni o‘ylab maydonga chiqayotganimiz yo‘q. Futbolchilar vaziyatni to‘g‘ri tushunib turibdi. Homiylarimizga ishonamiz, tez orada muammo o‘z yechimini topadi degan umiddamiz. Biz o‘z ishimizni to‘g‘ri bajarishga harakat qilyapmiz.

Oybek Bozorov “Andijon” bilan o‘yinda jarohat oldi Lekin kechagi mashg‘ulotlarda qatnashdi va o‘ynay olishini bildirdi. O‘yindan oldin jarohati baribir o‘z so‘zini aytdi. “Navbahor” bilan o‘yinda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni beramiz.

Ro‘ziqul Berdiyev, “Nasaf” bosh murabbiyi

Mazkur g‘alabadan keyin “Nasaf” ochkolarini 32 taga yetkazib olgan holda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa keyingi turda “Navbahor”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 23:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют