» » Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudi raisi Muhammetdin Niyetullayev vafot etdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudi raisi Muhammetdin Niyetullayev vafot etdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman sudi raisi Muhammetdin Niyetullayev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan ma’lum qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudi raisi Muhammetdin Niyetullayevning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi Oliy sud xabarida.

Oliy sud Muhammetdin Niyetullayevning vafoti sababini ma’lum qilmagan.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etgani haqida xabar berilgandi. Qo‘mita tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Mirodil Qosimov vafot etgani haqida xabar berildi. Jamg‘arma tomonidan ma’lum qilinishicha, Qosimov jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng 2020-yil 19-sentabr kuni vafot etgan. U aynan qaysi kasallik asoratlari oqibatida vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi esa vazirlikning mas’ul xodimi Shuhrat Rasulov vafot etganini ma’lum qildi. Vazirlik dastlab Shuhrat Rasulov so‘nggi vaqtlarda koronavirus infeksiyasidan shifoxonada davolanayotganini ma’lum qilgan, biroq keyinroq xabardan mazkur jumlani o‘chirib tashlagan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhamedov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur sudyalarning koronavirus oqibatida vafot etgani yuzasidan rasmiy xabar bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 00:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют