» » Xalq ta’limi vazirligi xodimi Shuhrat Rasulov vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan edi

Xalq ta’limi vazirligi xodimi Shuhrat Rasulov vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan edi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Rasulov vafot etdi. Bu haqda vazirlik tomonidan ma’lum qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi jamoasi Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Vohitovich Rasulovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga, yaqinlariga va do‘stlariga ta’ziya izhor qiladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik 1962-yilda tug‘ilgan 58 yoshli Shuhrat Rasulovning vafoti sababini ma’lum qilmagan.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bosh imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etgani haqida xabar bergandi. Qo‘mita tomonidan berilgan xabarda imomning vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Mirodil Qosimov vafot etgani haqida xabar berildi. Jamg‘arma tomonidan ma’lum qilinishicha, Qosimov jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng, 2020-yil 19-sentabr kuni vafot etgan. U aynan qaysi kasallik asoratlari oqibatida vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют