» » Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov olamdan o‘tdi

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov olamdan o‘tdi


Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov vafot etdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan ma’lum qilindi.

“Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va jamoasi diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan jonkuyar ulamo, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatovning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Qo‘mita tomonidan berilgan xabarda Toshkent viloyati bosh imom-xatibining vafoti sababi ma’lum qilinmagan.

“Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, 44 yoshli Xayrulloh Turmatov koronavirusdan davolanayotgan edi.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasiga 13 yil raislik qilgan Usmonxon Alimov ishdan olingani va uning o‘rniga shu vaqtgacha Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab kelgan Xayrulloh domla Turmatov diniy idora raisi, muftiy etib tayinlangani haqida xabar tarqalgandi. Biroq, keyinroq bu xabar “dezinformatsiya” deb ta’riflandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют