» » O‘zbekiston 9 oyda 336 mln dollardan ortiq tayyor kiyim-kechak eksport qildi

O‘zbekiston 9 oyda 336 mln dollardan ortiq tayyor kiyim-kechak eksport qildi


O‘zbekiston 2020-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra qiymati 336,7 million dollarga teng tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Usmon Abdurasulovning ma’lum qilishicha, bu yil 32 ta davlatga tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston 2019-yilning 8 oyiga nisbatan eksport hajmini 89,1 million dollarga oshirgan.

O‘tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya (178,3 million), Qirg‘iziston (120,9 million) va 12,3 million dollar bilan Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qayd etilishicha, eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotining eng ko‘p ulushi Andijon (90,2), Toshkent (70,5), Namangan viloyatlari (49,8) va 39,7 million dollar bilan Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют