» » BMT tadqiqotida butun dunyo aholisi nimani istashi va nimalardan qo‘rqishi aniqlandi

BMT tadqiqotida butun dunyo aholisi nimani istashi va nimalardan qo‘rqishi aniqlandi


BMT tomonidan “BMT 75: biz istayotgan kelajak, bizga kerakli BMT” tadqiqoti amalga oshirildi. 21-sentabr kuni ushbu tadqiqot natijalari e’lon qilindi. Ekspertlar odamlar hukumatlar va xalqaro tashkilotlardan nimalarni kutayotganiga aniqlik kiritgan. Bu haqda “TASS” xabar qildi.

Odamlarning birlamchi ehtiyoji — sog‘liqni saqlash yo‘nalishini yaxshilash. Toza ichimlik suvi, gigiyena vositalari va ta’lim masalasi ham asosiy ehtiyojlardan.

Sog‘liqni saqlash masalasini so‘rovnomada qatnashgan 300 ming nafar odamning deyarli hammasi alohida ajratib ko‘rsatgan. Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, ishtirokchilarning 72 foiz qismi sog‘liqni saqlash tizimidan foydalanish kelajakda ham xuddi shunday qolishi yoki yaxshilanishiga ishonadi.

Mavzuga doir: BMT bosh kotibi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostidan chiqib ketganini ma’lum qildi

Shuningdek, odamlar kambag‘allar sonining ko‘payishi, ishsizlik darajasining oshishidan xavotirda ekanini ham bildirgan.

Tadqiqotda qatnashganlar uzoq kelajakda ta’limning barchaga birdek berilishi va ayollarning erkaklar bilan teng huquqli bo‘lishi ham asosiy maqsadlardan biri ekanini aytgan.

Mavzuga doir: BMT: “Koronavirus tufayli dunyoda yana 176 mln kishi qashshoqlashishi mumkin”

Shu bilan birga BMT tadqiqoti mualliflari Yer sayyorasining aholisi nimadan qo‘rqishi haqidagi savollarga ham javob izlagan. Asosiy qo‘rquvlar quyidagilar:

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilot bosh assambleyasidagi nutqida ishtirokchi mamlakatlar odamlarning xohish-istagini inobatga olishi lozimligini ta’kidlab o‘tgan.

Mavzuga doir: “Sizlar qachon ishlashni boshlaysiz?!” Malala Yusufzay BMT a’zolariga bajarilmagan va’dalarini eslatdi

Qayd etilishicha, BMTning ushbu tadqiqotida butun dunyodan bir million nafardan ziyod odam ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют