» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 700 ming kishidan oshdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 700 ming kishidan oshdi


Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon butun dunyo bo‘ylab 700 mingdan ortiq bemor vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga keltirilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 koronavirusi bilan kasallanish oqibatida vafot etganlar soni 691 ming kishini tashkil etmoqda.

Pandemiya qurbonlarining asosiy qismi AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 156 ming kishi. Undan keyingi o‘rinlardan Braziliya (96 ming), Meksika (48 ming) hamda Buyuk Britaniya (46 ming) o‘rin olgan.

Hozirda butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 18,5 million kishidan oshgan, 11,1 milliondan ortiq bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir:

O‘zbekistonda 4-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi 165 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 105) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют