» » O‘zbekistonda ayni paytda 125 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritib, qamrov darajasi 9 foizdan 25 foizga ko‘tarildi

O‘zbekistonda ayni paytda 125 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritib, qamrov darajasi 9 foizdan 25 foizga ko‘tarildi


O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni so‘nggi uch yil ichida 47 taga ko‘payib, bugungi kunda 125 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Bu haqda 2020-yil 21-sentabr kuni “Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Holiqov ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, bu yil oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida jami 162 ming 364 nafar abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Natijada yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish 9 foizdan 25 foizgacha ko‘tarildi.

“Ta’lim sifatini yaxshilash uchun oliy ta’lim muassasalarida MDH va Yevropaning qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi “double degreye” ta’lim dasturi asosida o‘qitish qamrovi kengaymoqda. O‘tgan o‘quv yilida 22 ta davlatning 104 ta yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida 83 ta ta’lim yo‘nalishi va magistraturaning 64 ta muhandisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda kunduzgi ta’lim shaklida yoshlarni talabalikka qamrab olish darajasi yetarli bo‘lmaganligi uchun sirtqi va kechki ta’lim shakllarida kvotalarni oshirib bormoqdamiz”, – dedi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Holiqov.

Matbuot anjumanida aytilishicha, ayni paytda 201 ta kollej va 185 ta texnikumga qabul jarayonlari davom etmoqda. Oliy ta’lim muassasalariga imtihon topshirgan, lekin past ball to‘plagan abituriyentlar mana shu texnikum va kollejlarga hujjat topshirishi mumkin. Bu bilan ushbu ta’lim muassasalarida ikki yillik tahsildan so‘ng fanlarni o‘zlashtirishda alohida muvaffaqiyatlarga erishgan bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalarida o‘qigan kasbi bo‘yicha suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Hujjatlar shu yilning 25-sentabriga qadar qabul qilinadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют