» » Donald Tramp Eronga oddiy qurol yetkazib beruvchilarga nisbatan sanksiya joriy qildi

Donald Tramp Eronga oddiy qurol yetkazib beruvchilarga nisbatan sanksiya joriy qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qurol yetkazib berish yoki undan qurol sotib olishga aloqador mamlakatlar, kompaniyalar va shaxslarga nisbatan sanksiya joriy etishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Trampning bayonotida aytilishicha, AQSh Eronga yadro quroliga ega bo‘lishiga imkon bermaydi va mazkur mamlakat ballistik raketalar va oddiy qurollar yetkazib berish orqali qolgan dunyo mamlakatlarini xavf ostida qoldirishini istamaydi.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu farmon BMTning Eronga qarshi sanksiyalarini qayta tiklaydi va Eronning yadro, raketa va oddiy qurollarini qo‘llab-quvvatlaydigan 20 dan ortiq tashkilot va shaxsga nisbatan yangi sanksiyalar va eksport nazoratini joriy qiladi.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayenning ma’lum qilishicha, Trampning farmoni Eronga oddiy qurollar yetkazib berish, sotish va tashish bo‘yicha yordam beradigan mamlakatlar, korporatsiyalar va shaxslarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi. AQSh sanksiyalar ostiga tushadigan odamlar va tashkilotlarning AQShdagi aktivlarini bloklab qo‘yishni rejalashtirmoqda.

BMT 18-oktabr kuni Eronga oddiy qurollar sotish bo‘yicha taqiqni olib tashlashi kutilmoqda. AQSh hukumatining fikricha, BMTning taqiqni uzaytirishdan bosh tortishi butun Yaqin Sharqqa xavf soladi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMT Xavfsizlik kengashining ko‘plab a’zolari, jumladan, Yevropa mamlakatlari AQShda BMTning sanksiyalari kiritilishi haqida bir tomonlama e’lon qilish bo‘yicha yuridik vakolat yo‘qligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 10:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют