» » BMW’ning kelajakdagi modellari yo‘llarni “his qilishni” boshlaydi

BMW’ning kelajakdagi modellari yo‘llarni “his qilishni” boshlaydi


BMW Group konserni Isroilning Tactile Mobility kompaniyasi bilan avtomobil g‘ildiraklari ostidagi yo‘l qoplamasini tahlil qiladigan dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha bitim imzoladi, deb xabar beradi Motor.

Tactile Mobility taktil ma’lumotlarni virtual qayta ishlash bo‘yicha dasturiy ta’minot yetkazib beradigan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bu BMW’ning kelajakdagi modellari yo‘llarni “his qilishiga” yordam beradi. Shu bilan birga, yangi texnologiyaga BMW Group konsernining boshqa markalari ham ega bo‘ladi — Mini va Rolls-Royce. Tactile Mobility dasturiy ta’minoti real vaqt davomida g‘ildiraklar ostidagi yo‘l qoplamasining atributlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega.

Dasturiy kompleks yo‘l qoplamasiga oid ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishda datchiklar jamlanmasidan foydalanadi, bu esa tizimga “podveska”ni moslash, g‘ildiraklarga tushayotgan kuchni boshqarish, tormozlanish samarasini nazorat qilish va boshqa ko‘plab masalalarda yordam beradi.

Tactile Mobility texnik direktori Boaz Mizraxining so‘zlariga ko‘ra, mazkur dasturiy ta’minot 2021-yildan boshlab yangi BMW modellariga o‘rnatiladi.

Avvalroq BMW’ning yangi modellarini iPhone yordamida ochish imkoniyati paydo bo‘lishi va kompaniya ayrim funksiyalar uchun obunani sotishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: BMW yapon naqshlari bilan bezatilgan 8-Series’ning maxsus versiyasini yaratdi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют