» » Fargona viloyatidagi maktablarning 89 nafar oqituvchi va ishchi xodimida koronavirus aniqlangani malum qilindi

Fargona viloyatidagi maktablarning 89 nafar oqituvchi va ishchi xodimida koronavirus aniqlangani malum qilindi


Fargona viloyatidagi umumtalim maktablarining 89 nafar xodimida koronavirus aniqlangan. Bu haqda 21-sentabr kuni viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi matbuot kotibiga tayanib, Kun.uz xabar berdi.

Malum qilinishicha, 17-sentabr holatiga kora, viloyatda koronavirus tahliliga jami 947 ta maktabdan 51 620 nafar oqituvchi va boshqa xodimlar jalb etilgan bolib, shundan 44 475 nafar oqituvchi hamda 7145 nafar boshqa texnik xodimlardan tahlil olingan.

Natijada 89 nafar oqituvchi hamda ishchi xodimlaridan musbat holati aniqlangan. Hozirda ularga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boyicha davo choralari olib borilmoqda. Viloyatda tahlil olish jarayonlari davom etmoqda, deyiladi SEOM malumotnomasida.

Sogliqni saqlash vazirligining 21-sentabr soat 23:30 gacha bolganmalumotiga asosan, Fargona viloyatida sentabr oyida 14 kunda yangi kasallanganlar royxatga olingan. Oy davomida Fargonada koronavirusga chalinganlar soni 51 kishiga kopaygan. Fargonadagi jami kasallanganlar soni379 nafarni tashkil etmoqda. Bu Ozbekiston boyicha koronavirusga chalinganlarning 0,72 foiziga teng.

Mavzuga doir:

Eslatib otamiz, otgan hafta Qashqadaryo viloyatidagi maktablarning 855 nafar oqituvchisida koronavirus aniqlangani haqidaxabar qilingach, SSV unday emasligi, 855 nafar xodim koronavirusga gumon qilinganini bildiribbayonot bergandi. Shuningdek,Buxoro viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligi Dilfuza Mustafoyeva viloyatda 239 nafar oqituvchi koronavirusga chalinganinimalum qilgandi. Viloyat hokimi orinbosari Mirali Hamroyev esa bu xabarnirad etgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-09-2020, 11:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 10) ( 0) ( 8) ( 2)
:
-
:
20 ... -