» » O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 52 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 52 ming nafardan oshdi


O‘zbekistonda 21-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 281 nafarga oshib, 52 070 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

SSV xabarida koronavirusga chalingan ikki nafar bemor — 62 yoshli erkak X.Sh. va 31 yoshli erkak S.B. vafot etgani bayon qilingan.

Vazirlik axborotida kasallikdan tuzalganlar bo‘yicha ham ma’lumot berilgan. Toshkent shahrida 159 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Namangan viloyatida 85 nafar, Jizzax viloyatida 30 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar bemor tuzalgan.

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 48 369 nafarni (93 foiz) tashkil qilmoqda. Vazirlik axborot xizmati 3 264 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют