» » Andijonda har bir oilada tadbirkorlik rivojlanmoqda

Andijonda har bir oilada tadbirkorlik rivojlanmoqda


“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4498-sonli qarori bo‘yicha oilaviy tadbirkorlik hamda quyonchilik sohasini takomillashuvi uchun bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Andijon viloyatida mavjud quyonchilik agrofirmalari imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, monitoring qilindi hamda klaster usulida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lgan 46 ta agrofirma tanlab olindi.

Mazkur xo‘jaliklarga “Mikrokreditbank” tomonidan 44,7 mlrd so‘m kredit ajratilishi belgilangan bo‘lsa, hozirda 44,0 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratib berildi.

Shuningdek, viloyatda quyonlar sonini 1 mln boshga yetkazish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, birinchi bosqichda (iyun—sentabr) 21 ming boshi 2 100 ta xonadonga, ikkinchi bosqichda (sentabr—dekabr) esa 49 ming bosh quyon 4 900 ta xonadonga tarqatilishi rejalashatirildi.

Bugungi kunga qadar 4 482 ta aholi xonadonlariga 44 826 bosh quyon tarqatildi. Shu paytgacha tarqatilgan 44 826 bosh ona quyonlarning har biri yil yakuniga qadar uch marta o‘rtacha oltitadan bolalashi inobatga olinsa, 806,8 ming boshga yetadi.

Bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining 15,9 mlrd so‘mi o‘rtacha 53,0 ming bosh quyonlar sotib olish uchun ko‘chirilgan bo‘lib, bugungi kungacha aholi xonadonlariga 44,8 ming bosh ona quyon tarqatilgan. Qolgan 8,2 ming bosh ona quyonlar tarqatish choralari ko‘rilmoqda.

Qayd etib o‘tish joizki, mazkur Andijon filiali tomonidan oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020-yilning yanvar—avgust oylarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 2170 ta aholi va tadbirkorlik subyektlariga 77,0 mlrd so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Shundan 1242 tasiga jami 47,4 mlrd so‘m miqdorida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Bu kabi loyihalar tizimli ravishda davom ettirilib, oilaviy tadbirkorlik hamda quyonchilik rivoji yo‘lida qator islohotlar amalga oshiriladi.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют